Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

  •   DiMaX
  •  5708
  •  03.07.2020 14:23

Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

Germaniyada bir kishi o‘zining eski «Ford» avtomobili o‘rniga yangisini sotib olishga qaror qildi. Bu mamlakatda elektromobil xarid qilgan fuqarolarni davlatning o‘zi bonuslar bilan rag‘batlantiradi, shuning uchun u Tesla Model 3 elektrokarini tanladi.

O‘QING: Mashinalar qo‘zg‘oloni: Tesla elektromobili «kamikadze»lik qildi!

Germaniyalik kishi mashinani onlayn usulda sotib olishga qaror qilgan, saytda buyurtmani rasmiylashtirib, eng oxirida «Tasdiqlash» tugmachasini bosgan. Lekin sayt bunga javoban reaksiya bildirmagan. Kim biladi, ayni shu damda saytda biror ishkal bo‘lganmi, saytda buyurtmani ko‘rib chiqish jarayoni cho‘zilib ketganmi yoki internet tezligida muammo bo‘lganmi...

Xullasi kalom, xaridor «Tasdiqlash» tugmachasi ishlamay qoldi, deb o‘ylagan va yana bosgan. Keyin yana, undan so‘ng yana... Shu tariqa, to sayt javob bergunicha u tugmachani bosavergan. Javob kelganida esa hayratdan og‘zi ochilib qolgan, chunki...

Tesla sayti o‘z javobida shunday ajoyib mijozga umumiy qiymati 1,4 million yevroga teng bo‘lgan 27 ta Tesla avtomobilini xarid qilgani uchun minnatdorchilik bildirgan hamda ularning barchasini tez orada yetkazib berishni va’da qilgan edi!

Vahimaga tushgan xaridor darhol kompaniyaning o‘ziga qo‘ng‘iroq qilgan. Va nihoyat, ushbu noqulay vaziyatni tushuntirgan va 27 dona mashina uchun to‘langan pullarni uning hisobiga qaytarib o‘tkazishgan. So‘ng esa unga, endi ehtiyot bo‘lib, bittagina elektrokarga buyurtma rasmiylashtirishni maslahat berishgan.

O‘QING: Alibaba’da hatto flagman smartfonlardan ham arzon elektromobil sotilyapti! (+«jonli» video)