«Odnoklassniki» do‘stlaringiz reytingi bilan yo‘qoluvchi surat va videolar – «Lahzalar»ni ishga tushirdi

  •   DiMaX
  •  309
  •  23.10.2020 14:53

«Odnoklassniki» do‘stlaringiz reytingi bilan yo‘qoluvchi surat va videolar – «Lahzalar»ni ishga tushirdi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i «Lahzalar» xizmatini ishga tushirdi. Tarmoq foydalanuvchilari endi yo‘qoladigan suratlar va videolar yordamida o‘z hayotlaridagi lahzalarni ulashishlari va mashhurlikda do‘stlari bilan raqobatlashishi mumkin – eng yaxshi lahzalarga ega do‘stlarning reytingi real vaqt rejimida yangilanadi.

O‘QING: Telegram'ni unuting, endi O‘zbekistonda Odnoklassniki rekord darajada tez yuklanadi!

OK jamoasi ijtimoiy tarmoqqa xos bo‘lgan formatni o‘z auditoriyasining qiziqishlariga moslashtirdi: foydalanuvchilar nafaqat shaxsiy suratlar va videolari bilan bo‘lishishi, balki kundalik konkurslar tufayli yangi his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi mumkin.

«Lahzalar» g‘oyasi ijtimoiy tarmoqlarda talabgir bo‘lgan foydalanuvchilar shaxsiy suratlarini ommalashtirgan holda bir-biri bilan raqobatlashadigan fotokonkurslar tufayli tug‘ildi. Fotokonkursning top ishtirokchilari o‘z suratlariga minglab reaksiya oladi va ularni o‘n minglab insonlar ko‘radi. Biz foydalanuvchilarimizga mashhurlikda faqat o‘z do‘stlari bilan musobaqalashish imkonini berishga qaror qildik va buning uchun eng tez va yengil usulni tanladik.

«Lahzalar» – surat va videolarning yo‘qolib borayotgan formatini yangicha talqinda o‘qish. Musobaqalashuv mexanikasi va lahzalarga javob berish imkoniyati tufayli foydalanuvchilar muloqotlar uchun yangi sabablarga ega bo‘ladi. Insonlar OK hayotlaridagi his-tuyg‘uga boy lahzalari bilan almashish uchun kelishadi va endi buning uchun yangi qulay xizmat mavjud», – deydi Odnoklassnikining loyihalar bo‘yicha rahbari Vladimir Kochetkov.

O‘QING: TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan ilk musulmon davlat qaysi bo‘ldi?

«Lahzalar»da bunday format uchun xos bo‘lgan barcha funksiyalar ochiq. Suratlar hamda 10 soniyadan uzun bo‘lmagan qisqa videoroliklar, shuningdek yorqin fonda yozuvlar ommalashtirish, ularning ustiga stikerlar joylashtirish, kengaytirilgan reallik niqoblaridan foydalanishlari mumkin. “Lahzalar”da ommalashtirilgan barcha surat va videoroliklar OK da muallifning shaxsiy «Surat» bo‘limida, alohida yorliqda saqlanadi.

Xizmatning o‘ziga xos jihatlaridan biri – shaxsiy «lahza» bilan ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlar va mualliflarning «lahza»lariga javob berish imkoniyatidir. Buning uchun ochiq yoki yashirin javob turini tanlash mumkin. Ochiq javoblardan «lahza»lar zanjiri hosil bo‘ladi, unga o‘zlarining yo‘qolib boradigan suratlari va videolarini ommalashtirgan holda barcha do‘stlar qo‘shilishi mumkin.

Lahzalarni faqat shaxsiy profildan ommalashtirish mumkin. Yil yakunigacha guruh va profil ma’murlari mavzuga doir musobaqalar yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, ularga o‘z lahzalari bilan obunachilar yoki ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari ijtimoiy teglar va stikerlar orqali qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi.

Lahzalarni OK foydalanuvchilarining bir qismi iOS va Android uchun mobil ilovalarida ommalashtirishi mumkin, yaqin kunlarda bu imkoniyat barchada paydo bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqning dekstop va mobil versiyalarida foydalanuvchilarga lahzalarni faqat tomosha qilish imkoniyati mavjud.

O‘QING: Batafsil yo‘riqnoma: «Odnoklassniki»dan profilni butkul o‘chiramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!