“Odnoklassniki” O‘zbekistonda yangi messenjerni ishga tushiradi

“Odnoklassniki” O‘zbekistonda yangi messenjerni ishga tushiradi

Yaqin oylarda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i “OK Xabarlar” nomli o‘z messenjerini ishga tushirishni rejalashtirgan. Messenjer mobil uskunalar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Kun.uz rewiev.uz’ga asoslanib xabar bermoqda.

Loyiha mualliflarining so‘zlari bo‘yicha, messenjer deyarli barcha vazifalarni bajara oladi. Unda shaxsiy va guruhli suhbatlar, suhbatlarga telefon aloqalar kitobidan tanishlarni taklif etish, fayllar (jumladan, foto-, audio-, videofayllar) almashish imkoniyati mavjud. Barcha suhbatlar smartfonning o‘zida saqlanadi. Internetga ulanmagan paytda yozilgan xabarlar, tarmoqqa ulangan zahoti avtomatik tarzda yuboriladi.

Messenjer orqali audio- va video aloqa o‘rnatish funksiyasi bor-yo‘qligi hali aniq emas. Shuningdek, xabarlarni shifrlash to‘g‘risida ham ma’lumot berilmagan.

Xizmat bepul va reklamalarsiz taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i matbuot kotibi Anastasiya Jbanovaning so‘zlariga ko‘ra, “Android” uchun mo‘ljallangan ushbu messenjer ayni paytda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Bolgariyada sinovdan o‘tkazilmoqda. “iOS” uchun esa faqatgina O‘zbekistonda tajriba qilinmoqda. Rossiya bozoriga messenjer ikki oy davomida chiqishi mumkin.

“OK Soobщyeniya” foydalanuvchilari rus tilidan tashqari, ingliz, o‘zbek va tojik tillarida muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!