Odnoklassniki va VKontakte 1,4 mln. rubllik mukofot fondiga ega musobaqa boshlab yubordi

Odnoklassniki va VKontakte 1,4 mln. rubllik mukofot fondiga ega musobaqa boshlab yubordi

Odnoklassniki va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari HTML-5 mobil o‘yinlari ishlab chiqaruvchilari uchun Games Cup 2019 qo‘shma musobaqasini boshlab yubordi. Musobaqa ishtirokchilari OK va VK o‘yin platformalaridagi o‘z loyihalari uchun beriladigan trafik hamda 1,4 mln. rubllik mukofot fondi uchun bellashadilar.

Mazkur keng ko‘lamli musobaqa Odnoklassniki tomonidan o‘tgan yili o‘tkazilgan OK Instant Games Cup tanlovi davomi bo‘lib, Mail.ru Group ning IT chempionatlari doirasida o‘tkaziladi. Tashkilotchi kompaniyalar nafaqat yangi o‘yin loyihalarini jalb etishni, balki tanlov qamrovini, HTML-5 mobil o‘yinlari ishlab chiqaruvchilari hamjamiyatini kengaytirishni hamda barcha ishtirokchilar uchun yagona ekotizimni shakllantirishni rejalashtirmoqda.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: YouTube-kanalimizda P30 Pro, P30 va P30 Lite videotavsifi! Videoni tomosha qiling va ajoyib sovg‘a egasiga aylaning!

O‘tgan tanlovdagidek kabi o‘yin ishlab chiqaruvchilari ikki toifa bo‘yicha talabnoma taqdim etishi mumkin: PRO – tajribali studiyalar va ishlab chiqaruvchilar uchun hamda New Star – mustaqil va boshlovchi o‘yin ishlab chiqaruvchilar uchun. Musobaqada ishtirok etish uchun joriy yilning 27 mayidan 27 sentyabriga qadar www.gamescup.ru racmiy saytida talabnoma qoldirish va tashkilotchilarning ikkita o‘yin platformalaridan biriga yuklangan o‘yinga havolani ilova qilish lozim. New Star nominatsiyasidagi ishlab chiqaruvchilar o‘yinga havola o‘rniga eskizlar va o‘yin mexanikasining matnli tavsifini ilova qilishi mumkin.

PRO toifasida g‘olib bo‘lgan o‘yin uchun ushbu o‘yinni ikkita o‘yin platformalarning biriga 1 million marta o‘rnatishga trafik beriladi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun ishtirokchilar 600 000 ta va tegishlicha 400 000 ta o‘rnatishlar va tomoshalar soniga ega bo‘ladilar. Mazkur toifada OK va VK platformalarida ilgari e’lon qilinmagan o‘yinlar ishtirok etishi mumkin. Bunda ishlab chiqaruvchilar mazkur tanlov uchun boshqa platformalarda e’lon qilingan o‘yinlarni moslashtirishi mumkin.

New Star toifasi g‘olibiga 600 000 rubllik sertifikat, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallaganlarga 300 000 va tegishlicha 200 000 rubllik sertifikat beriladi. O‘zining HTML-5 loyihalarini o‘yin platformalarida ilgari umuman e’lon qilmagan ishlab chiqaruvchilar ushbu sovrinlar uchun bellashishi mumkin.

Asosiy nominatsiyalardan tashqari, ishtirokchilar maxsus sovrinlar uchun bellashishi mumkin. Eng qiziqarli va samarali ijtimoiy mexanikaga ega bo‘lgan o‘yin uchun OKdan 300 000 rubl beriladi. GeekBrains ta’lim portali uch nafar ishtirokchilarga Odnoklassniki tomonidan VKontakte bilan hamkorlikda tashkil etilgan HTML-5 o‘yinlarni yaratish bo‘yicha o‘quv kursiga sertifikatlar hadya etadi.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Sovrin jamg‘armasi kamida 50 000 dollarlik tanlovga tayyor turing!

G‘oliblar va sovrindorlar joriy yilning 4 oktyabr kuni e’lon qilinadi. Eng yaxshi loyihalar tarkibi tashkilotchilar, yirik o‘yin studiyalari, shuningdek HTML-5 o‘yinlarining muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilari vakillaridan iborat maxsus hay’at tomonidan tanlab olinadi. Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning to‘liq shartlari bilan www.gamescup.ru rasmiy saytida tanishib chiqish mumkin.   

Mail.ru Group har yili bir necha yirik xalqaro IT chempionatlar o‘tkazib, ularga Games Cup, Russian Code Cup, Russian AI Cup, Mail Design Cup, ML Boot Camp, HighLoad Cup va boshqalar kiradi. Ularda 175 000 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

O‘QING: Dota 2 bo‘yicha jahon chempionlarini Ilon Mask «sun’iy ong»i tor-mor etdi! (+videolar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!