Odnoklassnikida video va jonli efirlarda do‘stlar yuzini aniqlash texnologiyasi joriy etildi

Odnoklassnikida video va jonli efirlarda do‘stlar yuzini aniqlash texnologiyasi joriy etildi

Odnoklassniki video va jonli efirlarda inson yuzini aniqlash texnologiyasini joriy etgan Rossiyadagi birinchi ijtimoiy tarmoq bo‘ldi. Xususiy texnologiya real vaqt rejimida do‘stlar yuzini aniqlaydi. Shuningdek, videopleyerdagi maxsus boshqaruv unsurlari yordamida tomoshabinlar do‘stlari ishtirokidagi lahzalarni tomosha qilishga darhol o‘tishi mumkin. Inson yuzini aniqlash texnologiyasi negizi svyortkali neyrotarmoqlar tizmasidan iborat. Mazkur xizmatdan ayni paytda auditoriyaning bir qismi foydalanishi mumkin bo‘lib, yaqin kunlarda u barcha foydalanuvchilar uchun joriy etiladi.

Odnoklassniki foydalanuvchining ommabop video va fotosuratlari orqali uning ko‘rinishini avtomatik tarzda tushuna oladi, shuningdek uni 300 milliondan ortiq foydalanuvchilar profillari orasidan qariyb 100 foiz aniqlay oladi. Ijtimoiy tarmoqning mashinalashgan o‘rganish algoritmlari foydalanuvchining maxfiyligini ta’minlaydi, chunki ular foydalanuvchiga haqiqatan tanish bo‘lgan shaxslarni topib, belgilay oladi.

Endi translyasiya olib borish yoki videoni yuklash vaqtida inson yuzini real vaqt rejimida aniqlash texnologiyasi muallif yoki uning do‘stlariga topilgan foydalanuvchilarga qo‘yilgan avtomatik belgilarni tasdiqlashni taklif etadi. Tomoshabinlar esa videopleyerdagi maxsus boshqaruv unsurlari yordamida do‘stlari tasvirga tushirilgan lahzalarni tomosha qilishga o‘tishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoq auditoriyasi har oyda millionlab video yuklab va translyasiyalar olib borib, ularda quvonchli voqealar va atrofidagilarni ulashadi. Odamlarni video va translyasiyalarda avtomatik tarzda belgilash funksiyasi foydalanuvchilarga do‘stlariga ular ishtirokidagi video mavjudligi haqida darhol xabar berish va shu tariqa yaqinlar bilan hissiyotlar ulashish hamda tezkor qayta aloqaga ega bo‘lish imkonini beradi.

O‘QING: Odnoklassniki guruhlar uchun jonlantirilgan muqovalarni joriy etdi

Brand Analytics tadqiqotlariga ko‘ra, Odnoklassniki rusiyzabon foydalanuvchilar tomonidan yuklanadigan video hajmi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Kun mobaynida foydalanuvchilar videokontentga ega 1 millionga yaqin postlar yaratadilar. OKdagi barcha e’lonlar orasida video ulushi 30 dan yuqori foizni tashkil etadi.

Yangi xizmatdan ayni paytda auditoriyaning bir qismi foydalanishi mumkin. Ushbu yangilik bir oy davomida barcha foydalanuvchilar uchun joriy etiladi. Videoda inson yuzini belgilash funksiyasi barcha moslamalarda: OKning desktop versiyasida hamda iOS va Android dagi mobil ilovalarda ishlaydi.

Videoda belgilangan foydalanuvchilar zarur bo‘lganda belgini olib tashlashi yoki profil sozlamalarida o‘zini belgilashni taqiqlab qo‘yishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoq avvalroq yuklangan videolarda ishtirok etgan barcha OK foydalanuvchilariga belgini tasdiqlash taklifi bilan xabarnomani yuborishni rejalashtirmoqda. 

Odnoklassniki auditoriyani jalb etish va foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqda bir biri bilan o‘zaro aloqa qilishi maqsadida yuqori texnologiyalar asosida yangi xizmatlarni muntazam ravishda joriy etib kelmoqda. Moslashtirilgan texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi qo‘ng‘iroqlar, foydalanuvchilar fotosuratlarida inson yuzini aniqlash texnologiyasi hamda neyrotarmoqlar va kompyuter ko‘rish qobiliyati negizida do‘stlarni fotosuratlar bo‘yicha qo‘shish xizmati shular jumlasidandir.

Neyrotarmoqlar va kompyuter ko‘rish qobiliyati texnologiyalari foydalanuvchilarni ham fotosuratlarda, ham jonli efirda yoki videoyozuvda darhol aniqlaydi, yoritilganlik darajasiga, boshning burilish va egilishlariga moslashadi hamda inson sochini o‘zgartirsa, soqol qo‘yib, ko‘zoynak yoki shlem taqsa ham, uning yuzini aniqlaydi.

O‘QING: Batafsil yo‘riqnoma: «Odnoklassniki»dan profilni butkul o‘chiramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!