O‘g‘irlangan Samsung smartfonlarini endi internetga ulanmagan bo‘lsa ham topa olasiz!

  •   DiMaX
  •  3284
  •  24.08.2020 07:57

O‘g‘irlangan Samsung smartfonlarini endi internetga ulanmagan bo‘lsa ham topa olasiz!

Janubiy koreyalik yetakchi texnologik kompaniya smartfonlarida Find My Mobile servisi mavjud. Foydalanuvchi o‘z qurilmasini yo‘qotib qo‘ysa, uni ushbu servis yordamida internet orqali topishi mumkin.

O‘QING: Telefoningizni topib beruvchi bepul Android-ilova

Samsung endi mazkur servisga Offline finding (Oflayn qidirish) nomli yangi funksiya qo‘shdi. Nomidan ham anglashilib turganidek, u bilan endi hatto internetga ulanmagan bo‘lsa ham smartfonni topish mumkin!

Internetsiz ham topish uchun qidirilayotgan qurilmada Offline finding funksiyasi faollashtirilgan bo‘lishi lozim. Shundagina boshqa bir Samsung Galaxy smartfoni orqali uni topish imkoni bo‘ladi.

O‘QING: O‘g‘irlangan smartfonni topsa bo‘ladi!

Mazkur yangilikka mashhur XDA Developers resursi muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) e’tibor qaratgan. Offline finding funksiyasi quyidagicha tavsiflangan:

«Ushbu funksiya sizning smartfoningizni boshqalarning Galaxy qurilmasi yordamida topish imkonini beradi, hattoki u internetga ulanmagan bo‘lsa ham. Shuningdek, u yo‘qotib qo‘yilgan Galaxy devayslari yaqin atrofda bo‘lsa, ularni sizning smartfoningizni qo‘llagancha topish imkonini taqdim etadi. Bundan tashqari, agar oxirgi marta ushbu smartfonga ulangan bo‘lsa, aqlli soat va quloqchinlarni ham topish mumkin».

Payqagan bo‘lsangiz kerak: Offline finding funksiyasining bitta «lekin»i ham bor. Ya’ni, agar bu funksiyani faollashtirib qo‘ysangiz, atrofingizdagi boshqa Samsung smartfonlari egalari sizni «topishi» mumkin. Shunday ekan, boshqalarga «ko‘rinmaslik» muhimmi yoki telefoningiz yo‘qolib qolsa uni topish imkonimi – o‘zingiz tanlaysiz.

O‘QING: Siz yo‘qligingizda smartfoningizni kim olganini ko‘rsatuvchi ilova bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!