OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

  •   DiMaX
  •  4264
  •  08.09.2020 12:02

OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Xitoy bilan ziddiyat holatida bo‘lgan Hindiston hukumati o‘tgan haftada ularning 118 ta ilovasini taqiqlayotganini e’lon qilgan. Ular orasida esa mashhur PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile talqini ham bor.

O‘QING: PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

Aytish kerakki, PUBG Mobile o‘yinining Hindistonda o‘n millionlab ishqibozlari bor. Uning cheklanishi esa aksariyat fanatlar uchun kuchli ruhiy zarba bo‘ldi.

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, G‘arbiy Bengaliya shtatidagi Nadiya tumanida yashovchi 21 yoshli talaba ayni shu o‘yin sababli o‘zini o‘ldirgan. Onasining aytishicha, Pritam Halder (Pritam Halder) ismli bu yigit 4 sentyabr kuni nonushtadan keyin o‘z xonasiga qamalib, eshikni ichkaridan qulflab olgan. Uzoq vaqt chiqmaganidan va chaqiruvlarga javob bermayotganidan xavotirlanib, eshigini buzib kirishsa, u xonaning shiftidagi ventilyatorga o‘zini osgan ekan.

Marhumning ota-onasi bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng politsiya ham uning PUBG Mobile o‘ynay olmagani uchun o‘z joniga qasd qilganini qayd etgan.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

PUBG taqiqining yana bir qurboni esa Ahmadobodning Anand tumanidagi qishloqlardan birida yashovchi 16 yashar o‘smir bo‘lgan. U doimo faqat PUBG Mobile o‘ynab, smartfonidan bosh ko‘tarmay o‘tiravergach, maktab o‘qituvchisi bo‘lgan otasi uning qo‘lidan telefonini olib qo‘ygan.

Bola otasi bilan janjallashib, so‘ng uyda saqlanayotgan pestitsiddan ichib o‘zini zaharlagan. Ota-onasi uni kasalxonaga eltishgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan – PUBG Mobile fanati ertasiga jon bergan.

Har ehtimolga qarshi, siz ham kichik yoshdagi va o‘smir farzandlaringiz, qarindoshlaringiz bu kabi o‘yinlarga mukkasidan ketishining oldini olganingiz ma’qul.

O‘QING: Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.