Ogoh bo‘ling! iPhone 7 va Galaxy S8 sog‘lik uchun xatarli bo‘lishi mumkin!

Ogoh bo‘ling! iPhone 7 va Galaxy S8 sog‘lik uchun xatarli bo‘lishi mumkin!

Uzoq vaqtlardan buyon olimlar tomonidan smartfonlardan chiqayotgan nurlanish inson salomatligiga ziyon keltirishi ta’kidlab kelinadi. Federal aloqa komissiyasining ogohlantirishlariga qaramasdan, ko‘plab ishlab chiqaruvchilar o‘rnatilgan normalarga amal qilishmaydi.

Tarqalayotgan nurlanish darajasini aniqlash uchun elektromagnit nurlanishning o‘ziga xos koffitsiyenti - SAR (Specific absorption rate) qo‘llaniladi. Federal aloqa agentligi (FCC) SAR darajasi 1,6 Vt/kg dan oshmagan qurilmalarnigina sertifikatlaydi.

O‘QING: Mobil telefonning zararini kamaytirish usullari

Biroq, sertifikatsiyadan o‘tgan modellar sotuvga chiqqanidan so‘ng, belgilangan me’yordan ortiq nurlanish tarqatishi kuzatiladi. Masalan, Samsung Galaxy S8 modelida SAR belgilangan normadan naq 8 barobar oshib ketgan. Qolaversa, Samsung Galaxy S8 bunday “jinoyatchi” smartfonlar ro‘yxatida yolg‘iz emas. Huddi shunday holat iPhone 7 bilan ham kuzatilgan.

Aytgancha, Apple ushbu holat bo‘yicha allaqachon izohlagan. Kompaniyaning aytishicha, qurilmalar aynan qanday sharoitda test qilinishi haqida ma’lumot bo‘lmagan, shu sababli, qurilmalarda SAR darajasi oshib ketgan.

Federal komissiya ushbu vaziyat bilan bog‘liq surishtiruv ishlarini boshlab yuborganini aytib o‘tgan.

O‘QING: Eng zararli smartfonlar o‘ntaligi (2019 yil fevral): birinchi o‘rinda – Xiaomi’ning ommabop modeli!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!