OGOH BO‘LING: pandemiya pallasida mobil firibgarlik!

  •   DiMaX
  •  954
  •  12.06.2020 18:36

OGOH BO‘LING: pandemiya pallasida mobil firibgarlik!

Koronavirus pandemiyasi davrida mobil aloqa operatorlari abonentlarining hisob raqamidan firibgarlik yo‘li bilan pulni yechib olish holatlari kuzatilmoqda. Bu to‘g‘rida «O‘zbektelekom» rasmiy saytida ogohlantirish e’lon qilingan.

O‘QING: «Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»: internet-firibgarlarning yangi turidan saqlaning!

UZTELECOM mobil aloqa (Uzmobile filiali) abonentlariga ham firibgarlar tomonidan SMS-xabarlar ham jo‘natilgan.

Jumladan, xorij raqamidan qo‘ng‘iroqni amalga oshirib, abonent ushbu raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng, uning hisobidan katta miqdordagi mablag‘ni yechib olish holatlari kuzatilgan. Firibgarlar abonentga telefon qilib, unga javob berilmasidan oldin aloqani uzib qo‘yadi. Muayyan odamlar esa xorijdan qilingan va o‘tkazib yuborilgan begona raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilishi oqibatida ularning hisobidan katta miqdordagi mablag‘ yechib olinadi.

Hurmatli abonentlar, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun begona raqamdan, xorijdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va siz uni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, raqamni qaytib termasligingizni, plastik karta raqami, pasport seriyasi va boshqa shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga oshkor qilmasligingizni hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingizni tavsiya qilamiz.

Firibgarlarning bunday harakatlariga UZTELECOM’ning aloqasi yo‘qligini va kompaniya shunday hodisalarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rayotganligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

O‘QING: Bugun hech kimning tug‘ilgan kuni emas! Buni hammaga tarqating va «bonus»ga ega bo‘ling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.