OGOH BO‘LING: Sizning nomingizdan so‘kinadigan Android-virus chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1683
  •  15.01.2020 11:25

OGOH BO‘LING: Sizning nomingizdan so‘kinadigan Android-virus chiqdi!

Smartfonlar uchun yuzlab turli viruslar chiqqan va ular har xil zararlar keltiradi: foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘g‘irlashdan tortib bankdagi hisobingizni o‘zlashtirishgacha. Lekin xakerlarning navbatdagi ishlanmasi shunisi bilan originalki, u o‘rnashib olgan telefondagi kontaktlarga haqoratli SMS-xabarlar jo‘natadi.

O‘QING: «Qahramon kalamush»: Android-qurilmalarni Telegram orqali boshqaruvchi troyandan ehtiyot bo‘ling!

Faketoken nomli bank troyani 2014 yildayoq aniqlangan bo‘lib, ommabop ilovalarga taqlid qila olishi sababli eng xavfli viruslar o‘nligiga kiritilgan. Orada o‘tgan besh-olti yil mobaynida antivirus dasturiy ta’minotlari ishlab chiquvchilar uning hujumlariga qarshi kurashib kelishgan, ammo Faketoken mualliflari ham qo‘l qovushtirib o‘tirishgani yo‘q.

«Kasperskiy laboratoriyasi» ekspertlariga ko‘ra, hozirda Faketoken nafaqat avvalgidek bank sohasi uchun jiddiy xavf tug‘diradi, balki spam tarqatishni ham o‘rganib olgan. Yaqinda ushbu ziyonkor kod tomonidan zararlangan besh mingga yaqin qurilma egalarining ta’kidlashlaricha, ularning telefon raqamlari hisoblaridan mablag‘lar tez kamaya boshlagan. Tekshirib ko‘rishsa, ularning raqamlaridan boshqalarga ko‘p sonli SMS-xabarlar ketgan va ularning matnida haqoratli so‘zlar ham bo‘lgan.

Shu sababli mutaxassislar Android-qurilmalar egalariga Google Play’dan boshqa manbalardan ilovalar yuklab olmaslikni, biror dasturni o‘rnatayotganda uning nimalarga ruxsat so‘rashini o‘rganib chiqishni, shuningdek, internetda noma’lum havolalar orqali o‘tmaslikni maslahat berishmoqda.

O‘QING: Android uchun eng zo‘r 8 ta antivirus

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!