Ogoh bo‘ling! WhatsApp’da yana bir xavfli zaiflik aniqlandi

  •   Saroy
  •  1815
  •  09.08.2018 12:10

Ogoh bo‘ling! WhatsApp’da yana bir xavfli  zaiflik aniqlandi

Tasavvur qiling,  WhatsApp’da amalga oshirayotgan yozishmalaringiz orasiga boshqa bir yomon niyatli kimsa suqulib kirib oldi. Check Point mutaxassislari kishini havotirga soladigan “tuynuk”ni  aniqlashdi, uning yordamida kiberjinoyatchi chatga kira olishi va xabarlarni boshqa ma’no beradigan yoki avval unda bo‘lmagan so‘zlar bilan to‘ldirishi mumkin.

Aniqlangan zaiflikdan bir necha yo‘l bilan foydalanish mumkin: chatda suhbatdoshning so‘zlarini o‘zgartirish, muloqot chog‘ida amalda chatda bo‘lmagan ishtirokchi nomidan imitatsiya qilish, bunda u onlaynda turganday tuyuladi, shuningdek, guruhli chatga qalbaki xabar jo‘natish, unda javob barcha ishtirokchilar tomonidan beriladi (ehtimol — obro‘sizlantiradigan). 

O‘QING:Xakerlar jarrohlik amaliyoti chog‘ida tibbiy texnikani o‘chirib qo‘yishdi

Tuynukdan foydalanish uchun raqamlashtirilgan trafikni tutib olish kifoya qiladi va karabsizki, jabrlanuvchi qanday qilib  jinoyatchi changaliga tushib qolganini sezmay ham qoladi. Agarda bag yaqin orada bartaraf etilmasa, oqibati  juda xunuk bo‘ladi, yani yolg‘on xabarlar orqali shaxsga zarar yetkazishdan tortib, korporatsiyalarni ham vayron  qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING:Ehtiyot bo‘ling: suhbatingizni uchunchi shaxs ham eshityapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!