Ogoh bo‘ling: WhatsApp’da firibgarlikning yangi turi tarqaldi!

  •   DiMaX
  •  464
  •  06.04.2021 10:10

Ogoh bo‘ling: WhatsApp’da firibgarlikning yangi turi tarqaldi!

Dunyodagi eng ommabop messenjer – WhatsApp platformasida firibgarlikning yangi turi tarqala boshladi. Keyingi paytlarda ushbu ilova foydalanuvchilariga o‘z yaqinlarining profillari orqali xakerlik hujumi holatlari uchramoqda.

O‘QING: Telegram’dan cho‘chigan WhatsApp endi boshqacha yo‘l tutdi

Aniqroq qilib aytganda, sizga oldin tasdiqlash kodini va havolani o‘z ichiga olgan matn SMS-xabarda keladi. Keyin esa WhatsApp orqali kontaktlaringizdan birining profilidan xabar keladi – unda o‘sha oldingi matnda ko‘rsatilgan kodni aytib yuborish so‘raladi. Shuni amalga oshirishingiz bilan xakerlar sizning WhatsApp-akkauntingiz himoyasini buzib kirishadi.

WhatsApp’ga kirish uchun elektron pochta manzili yoki parol talab etilmaydi – messenjer bir martalik kodni foydalanuvchining telefon raqamiga jo‘natadi va shu bilan shaxsingizni tasdiqlaysiz. Biroq bu kodni sizdan boshqa kimdir bilib olsa, shu orqali sizning akkauntingizga kirishi hamda nomingizdan firibgarlik ishlarini amalga oshirishi mumkin. Firibgarlikning yangi turi xuddi shu usulni qo‘llaydi.

Bordiyu sizga ham biror qarindoshingiz, do‘stingiz yoki tanishingizdan yuqoridagi kabi xabar kelsa nima qilishingiz kerak? Avvalo, vahimaga tushmaslik va o‘sha kishiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanish lozim. WhatsApp-akkaunti himoyasi buzilganini aytib, ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqishni tavsiya eting. O‘zingiz ham barcha messenjerlar va servislardagi profillaringizni shu usulda himoyalab qo‘yganingiz ma’qul.

O‘QING: Telegram’da ikki bosqichli autentifikatsiya himoyasini buzib bo‘ladimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!