OGOH BO‘LING: Windows 10 tizimli kompyuter va noutbuklarni ishdan chiqaruvchi havola tarqaldi!

  •   DiMaX
  •  1261
  •  20.01.2021 11:59

OGOH BO‘LING: Windows 10 tizimli kompyuter va noutbuklarni ishdan chiqaruvchi havola tarqaldi!

Biz smartfonlarni yoki ulardagi ilovalarni ishdan chiqaruvchi turli «matnli bomba»lar haqida bir necha bor yozganmiz. Hattoki Android’ni «o‘ldiruvchi» oboylar ham tarqalgan va uning «jonli» videosi chiqqan.

O‘QING: Istalgan telefon himoyasini SIM-karta orqali buzish yo‘li topildi – bittagina SMS kifoya ekan!

Endi esa kompyuterlarni buzadigan yangi havola chiqibdi – u faqat Windows 10 operatsion tizimida ishlayotgan noutbuklar va kompyuterlarga ta’sir qiladi. Ziyonkor havolani ochishga urinilganida, kompyuter qotib qoladi va «ko‘k ekran» rejimiga o‘tib oladi. Bu muammoni faqatgina operatsion tizimni tiklash yoki butkul boshqatdan o‘rnatish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin.

Toms Guide sayti muallifi bu havolani o‘z kompyuterida sinab ko‘rgan – qurilma dastlab bir necha bor o‘chib-yongan, keyin tizimni tiklash rejimiga o‘tgan, keyin umuman ishlamay qolgan. Shunday ekan, sizga shunaqa havola kelib qolsa, ochmay qo‘yaverganingiz yaxshi.

O‘QING: Qanday qilib «Siniy ekran smerti» (BSOD) muammosidan qutulish mumkin?

Havola zararli bo‘lgani uchun, uning to‘liq matnini e’lon qilmaymiz – muxlislar hazillashib do‘stlariga yuborishsa, qabul qiluvchilarning kompyuterlari ishdan chiqadi. Lekin sizga kimdir yuborsa bexosdan ochib qo‘ymaslik uchun bilib olganingiz ma’qul: o‘sha ziyonkor havolaning birinchi qismi «\\. \ Globalroot \ device \» ko‘rinishiga ega. Qayerdandir shunaqa boshlanuvchi havola kelib qolsa, umuman ochmaslikni maslahat beramiz.

Ushbu xatolik aynan nima biln bog‘liq ekanligi hozircha aniqlanmagan; faqat uning ishlash tamoyili ma’lum bo‘lgan. Ya’ni, bu havolani bosganda brauzer internetdagi biror veb-sahifaga emas, balki Windows 10 tizimi ichidagi faylga murojat etadi. Kompyuterning fayl tizimiga murojat etishning qaysidir bosqichida xatolik kelib chiqadi va gadjetda so‘ngsiz o‘chib-yonishlar boshlanadi.

Havola hozirda Windows 10 operatsion tizimining 1709 va undan oldingi barcha versiyalarini ishdan chiqaradi. Microsoft bundan xabar topgan va bartaraf etish ustida ishlamoqda; uning chorasini navbatdagi xavfsizlik patchlari bilan tarqatsa kerak.

O‘QING: Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbuk «qotib» qolsa...