OGOH BO‘LING! Yana «o‘lim guruhlari»!

  •   DiMaX
  •  5455
  •  26.01.2018 18:29

OGOH BO‘LING! Yana «o‘lim guruhlari»!

Esingizda bo‘lsa, o‘tgan yili ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqalgan «Ko‘k kit» nomli mash’um «o‘yin» ko‘plab o‘smir-yoshlarning hayotini izdan chiqargan, hatto ayrimlarining umriga zomin bo‘lgan edi.

O‘QING: «O‘lim guruhlari»: qachon boshlangan, nega aynan ko‘k kit, buyruqlarni bajarmasa nima bo‘ladi?

Xabarlarga ko‘ra, ayni kunlarda Rossiyada yana shunga o‘xshash boshqa bir «o‘yin» chiqqan bo‘lib, u «Yangi yo‘l» («Noviy put») deb nomlangan. VKontakte tarmog‘ida unga tegishli xeshteglar va yangi «o‘lim guruhlari» paydo bo‘lgan. Ularning ishtirokchilariga allaqachon ilk topshiriq berilgan – allaqanday shifrni yechish.

Qatnashchi o‘z profilining bosh rasmi – avatariga qizil pentagramma – besh qirrali yulduz suratini qo‘yib olib, o‘zining besh nafar do‘stini «o‘yin»da ishtirok etishga taklif qiladi. Shundan so‘ng «kurator» yana aloqaga chiqadi va keyingi topshiriqlarini berishda davom etadi.

O‘QING: «Siniy kit» 7 sinf o‘quvchisiga dahshatli topshiriq berdi

Bu qaltis «o‘yin»ga aralashgan foydalanuvchilar va hamjamiyatlarni VKontakte ma’muriyati bloklamoqda, ammo uning to‘lqini allaqachon tarqala boshlagan. Shuningdek, Telegram messenjerida ham shunga o‘xshash kanallar paydo bo‘lgani xususida xabarlar bor.

Biz barcha yoshlarimizni bu kabi mash’um «o‘yin»lardan ehtiyot bo‘lishga, kattalarni esa o‘z farzandlarining internetda nimalar bilan mashg‘ulligini jiddiy nazoratga olishga chorlab qolamiz.

O‘QING: "Ko‘k kit" muallifiga tayinlangan jazo norozilikka sabab bo‘lmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.