"Okay, Google: Menga o‘zing haqingda gapirib ber!"

Google - dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan biri bo‘lib, usiz internetni tasavvur qilishning iloji yo‘q.

Ushbu maqolada 20 yoshga to‘lgan kompaniya haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan o‘rtoqlashamiz. Boshladik!1. 1997-yili Google'ni ishlab chiqqan muhandislar yaratilgan qidiruv mexanizmini Yahoo kompaniyasiga 1 million dollarga sotish uchun Silikon vodiysiga tashrif buyurishdi, ammo kompaniya egalari bu so‘mmani rad etishgan. 5 yildan so‘ng 2002-yilda Yahoo'ning o‘zi Google'ga murojaat qildi va tarmoqni sotib olish uchun 3 milliard dollar taklif qildi, ammo rad javobini olishdi.

2. 2010 -yildan beri Google o‘rtacha hisobda har oyda bittadan kompaniyani sotib oladi.

3. Google'ning birinchi logotipi tekinga ishlagan grafik dizaynerlar yordamida yaratilgan. 1999-yilda esa kompaniyaning asoschilaridan biri Sergey Brin dizayn mutaxassisiga murojaat qilib, ko‘zga tashlanuvchi logotip yaratishni so‘ragan. Shunday qilib, ochiq ranglarda ishlangan, yengillik va quvonch hissini uyg‘otuvchi oddiy tondagi logotip dunyoga kelgan.

4. Xodimlar jamoasi atigi 40 kishidan iborat bo‘lganda, kompaniya ishchilar uchun oshpaz yollagan. Bugungi kunda esa kompaniyada ovqat hech qachon tugamaydi. Maxsus kafelardagi noz-ne’matlarning mo‘lligi va xilma-xilligi birinchi bor tashrif buyurgan odamlarni hayratda qoldiradi.5. Google'ning asosiy sahifasi bunday sodda ko‘rinishda qolganining sababi shundaki, uni ishlab chiquvchilar HTML tilini unchalik yaxshi bilmas edilar va interfeysni iloji boricha sodda qilishga harakat qilishgan. Eng katta qiyinchilik "Qidirish" tugmasini ishlab chiqish bo‘lgan. O‘shanda, qidiruv so‘rovini faqat Enter tugmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Muammoni hal qilish uchun sahifa oxirida aniq ko‘rinuvchi marker sifatida sahifa kodiga maxsus nusxa ko‘chirish xabari kiritilgan.

6. 2004-yilda Google kompaniyasining aksariyat xodimlari millioner bo‘lishdi, hatto, ulardan biri kompaniyada 1999-yildan beri massajchi bo‘lib ishlayotgan xodim edi.7. Google.com o‘zining muayyan davrlardagi dudllari bilan mashhur. Bular kompaniya logotipiga ilova qilingan qaysidir mavzu bilan bog‘liq yoki qandaydir ma’noga ega maxsus chizmalardir. Ilk dudl kompaniya asoschilari festivalga ketganligi va foydalanuvchilarning texnik talablarini tezda hal qila olmaganliklari sababli paydo bo‘lgan.8. Dastlab kompaniya Googol deb nomlangan, ammo noto‘g‘ri imlo sababli kompaniya nomi Google'ga o‘zgargan va shundayligicha qolgan.

9. Agar kompaniya xodimi vafot etsa, uning xotiniga turmush o‘rtog‘i maoshining yarmi miqdoridagi to‘lov 10 yil davomida to‘lab boriladi.

10. Kompaniyada ish paytida, ayrim hollarda, alkogol ichishga ruxsat berilgan. Masalan, ba’zi yutuqlar sharafiga yoki yangi funksiyalarning ishga tushirilishi munosabati bilan, ba’zida esa shunchaki seshanba kunlarida.

11. Kompaniya xodimlari uchun ishga borishda va ishdan qaytishda taksi bepul, albatta, masofaning uzoq-yaqinligi mutlaqo ahamiyatsiz.

12. Kompaniya atrofidagi maysazorlarni chiroyli ko‘rinishda saqlash uchun echkilardan foydalanishadi.13. Kompaniyaning Nyu-Yorkdagi ofisi o‘zining g‘aroyib qavati bilan mashhur. Bu qavatda kichik qoyalar va alpinistik devorlar hamda o‘yin avtomatlari va Lego xonasi mavjud. “Bunaqada, xodimlar qachon ishlashadi?“ dersiz. “Bu narsalar bizni ishtiyoq bilan ishlashga undaydi, ishimizni o‘z vaqtida bajaramiz, shunda kompaniya biz bilan faxrlanishi mumkin“, - deya ta’kidlaydi kompaniya xodimlaridan biri.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Okay, Google, meni professionalga aylantir!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!