"Okey gugl", "Eng yaxshi ovozli yordamchi qaysi"?

Loup Ventures analitik kompaniyasi ovozli yordamchilarning yillik reytingini e’lon qildi. Virtual yordamchilarga 800 dan ziyod turli savollar berish orqali ularning ovozni to‘g‘ri aniqlash va javob topish darajasini sinab ko‘rishgan. Kutilganidek, bunda asosiy kurash Google va Apple’ga tegishli ovozli yordamchilari o‘rtasida kechgan. Biroq, qoidalarga ko‘ra g‘oliblik faqat bitta kompaniyaga tegishli.

G‘oliblik bu safar ham Google Assistant’ga nasib etgan. U 93 foiz savollarga to‘g‘ri javob bergan. Ikkinchi o‘rin esa 83 foiz to‘g‘ri javob bera olgan Apple’ning Siri’siga nasib qilgan. Amazon Alexa esa 80 foizlik natija bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Google Assistant

Tahlilchilarning aytishicha, o‘tgan yilga solishtirganda ovozli yordamchilarning aniqligi va samaradorligi sezilarli tarzda ijobiy tomonga o‘zgargan. Misol uchun, 2018 yilda Alexa 60, Google esa 86 foizlik natija ko‘rsatgandi. Hisobotga ko‘ra, Siri ham qo‘ng‘iroq qilish, sms xabarlar yuborish va musiqalarni boshqarish bo‘yicha yanada takomillashtirilgan.

O‘QING: Apple barchani tinglar ekan - uni sudga berishdi!