OLED-ekranli barcha Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  3014
  •  02.05.2019 12:57

OLED-ekranli barcha Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Joriy yilning mart oyida taqdim etilgan Black Shark 2 modeli DC Dimming texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi ilk Xiaomi smartfoni bo‘ldi. Mazkur texnologiya OLED-matritsali ekranlarning ko‘zga zararli miltillashini dasturiy ta’minot usulida bartaraf etishga mo‘ljallangan.

O‘QING: Smartfon tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim? (Displey)

Aprel oyida esa navbatdagi yangilanish bilan Xiaomi Mi 9 flagmani ham DC Dimming funksiyasiga ega bo‘lgani e’lon qilindi. Bundan bir hafta avval esa kompaniya vitse-prezidenti va Redmi brendi rahbari mazkur texnologiyaning Mi 8 hamda Mi Mix 3 modellariga ham joriy etilishini aytdi.

Kecha ma’lum bo‘lishicha, endi Xiaomi kompaniyasining OLED-displeyga ega barcha qurilmalari DC Dimming texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Mi 9 flagmani uchun tegishli yangilanish bugun – 2019 yilning 2 may sanasidan bosqichma-bosqich tarqatila boshladi. Kompaniyaning qolgan OLED-ekranli modellariga ham yangi funksiya joriy etilgan proshivkalar shu oyda taqdim etiladi.

O‘QING: HD, Full HD, Quad HD, Ultra HD – bu terminlar nimani anglatadi?

Shuningdek, Xiaomi bundan keyin OLED hamda AMOLED displeyga ega barcha modellarini qadoqdanoq DC Dimming texnologiyasi bilan taqdim qiladi. Bu ham kompaniya o‘z foydalanuvchilarini qayg‘urayotgani, ularning ko‘z nurlarini asrashga hissa qo‘shayotganiga yana bir dalildir.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ishlab chiqaruvchi joriy oyda eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessoriga ega eng arzon Redmi 855 modelini taqdim etishi va u samaradorlikda hatto Mi 9 (sotib olish) flagmanidan ham ustun kelishi kutilmoqda. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 585 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!