Olimlar abadiy o‘ta aniq yuradigan soat yaratishdi

  •   Saroy
  •  747
  •  11.09.2018 12:51

Olimlar abadiy o‘ta aniq yuradigan soat yaratishdi

Ushbu o‘ta aniq yuradigan mu’jiza qurilma –Sapfir soatni yaratish uchun avstraliyalik kompaniya mutaxassislari  roppa-rosa 20 yil ter to‘kishdi.

Noyob Sapphire Clock soatining asosini kriogenli sapfirli ossilliyator deb nomlangan mexanizm tashkil etgan. U 1200 karatli sapfir kristallaridan qilingan bo‘lib mutloq nolgacha yaxlatadi, ya’ni aynan Selsiy bo‘yicha -267 darajagacha. Sapfirli soatlar o‘zining savdodagi analoglaridan 1000 marotaba aniq yuradi va soniyada 10 milliard marotaba tezlik bilan chiqillaydi.

O‘QING:iPhone 8 bilan bir vaqtda Apple Watch 3 ham namoyish etilishi mumkin

Sapfir soatining ishlash muddati qo‘shimcha sozlashlarsiz 40 million yilgacha yetadi. Mazkur soat shunchaki, rekord o‘rnatish uchun yaratilmagan. Sapphire Clock JORN (Jindalee Operational Radar Network) tizimini takomillashtirish uchun kerak. Bu avvaldan ogahlantiruvchi Avstraliya tizimi bo‘lib, mamlakat mudofaasida muhim rol o‘ynaydi. Supersoat radiolokatsiya texnikalari sezuvchanligini oshiradi.

Soat ixtirochilari mamlakat mudofaasini mustahkamlashda erishgan yutuqlari uchun, degan maxsus mukofotga sazovor bo‘ldilar. Ammo, sapfir soatlaridan nafaqat harbiy sohada foydalansa bo‘ladi, balki ularni fuqarolik aeroportlardagi radarlar uchun ham qo‘llasa bo‘ladi yoki kvantli kompyuter yaratishda ham ishlatish mumkin.

O‘QING:Qo‘lda harakatlanuvchi aqlli soat yaratildi (+video)

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!