Olimlar havotirda: Arktika isib bormoqda:

  •   Saroy
  •  835
  •  11.09.2018 13:35

Olimlar havotirda: Arktika isib bormoqda:

Bugungi kunda Arktikaning Rossiyaga qarashli hududida havoning harorati normadan 3,23 darajaga baland. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi hisob kitoblar natijasida keltirilgan, deb ma’lum qiladi mamlakat tabiat vazirligi. Bu XXI asrdagi rekord darajada isishdir va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Vazirlik tarqatgan ma’ruzada aytilishicha, isish tashvishli kechmoqda, chunki bu jarayon davomiy bo‘lib, Shimoliy Muz Okeanidagi muzliklarning erib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘QING:Okeanbo‘yi mamlakatlar suv ostida qoladimi?

Harorat normasining eng yuqori buzilishi Rossiya Arktikasining Sharqiy sektorida (Yoqutiston va Chukotka) qayd etildi: bu yerda o‘rtacha harorat normadan 4,07 darajagacha yuqori bo‘lgan.

Ekspertlarning fikricha, abadiy muzliklarning erishi kelgusida ham davom etaversa, shamol tezligining o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa ayniqsa Arktikaning dengiz  shelfini burg‘ulash qurilmalari uchun juda xavflidir. Bundan tashqari, iqlim isishi  okean sohilida joylashgan mintaqalarning suv ostida qolish xavfini ham oshiradi.

O‘QING:Olimlar ogohlantiradi: keyingi besh yillikda rekord darajada issiq saqlanadi