Olimlar koronavirus vaksinasi turlari aks etgan videoni ulashishdi

  •   DiMaX
  •  556
  •  09.01.2021 08:52

Olimlar koronavirus vaksinasi turlari aks etgan videoni ulashishdi

O‘tgan yil bahorda amerikalik biologlar koronavirusning «ovozi»ni yozib olishgan edi va u klassik musiqaga o‘xshaydi. Keyinroq esa Podshoh Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishgan. Yaqindagina esa...

O‘QING: Koronavirus oqsil tarkibining ilk uch o‘lchamli tavsiri olindi!

Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans — GAVI koronavirusga qarshi vaksinalarning turi va ularning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi tasvirlangan videorolikni e’lon qildi. Bu to‘g‘rida Korrespondent.net ma’lumotiga tayanib Daryo xabar beradi.

«Koronavirusga qarshi kurash vaksinani yaratish ustidagi ishlarning rekord darajada ilgarilab ketishiga olib keldi va ayni vaqtda 170 dan ortiq turli vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda», – deyiladi video ostidagi izohda.

Koronavirusga qarshi vaksinalar to‘rt turga bo‘linadi: inaktivlashgan dori vositalari, vektor vaksinalar, mRNK va DNK vaksinalar hamda subunit vaksinalar.

Ma’lumot uchun: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020 yil 31 dekabr kuni birinchi bo‘lib Pfizer va BioNTech tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan vaksinadan foydalanishni rasman tasdiqlagan.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!