Olimlar koronavirus yuqqan smartfonni dezinfeksiyalash yo‘lini aytishdi!

  •   DiMaX
  •  1549
  •  07.02.2020 15:06

Olimlar koronavirus yuqqan smartfonni dezinfeksiyalash yo‘lini aytishdi!

Global muammoga aylangan koronavirus faqatgina havo-tomchi yo‘li orqali yoki virus yuqtirgan kishi bilan kontakt tufayligina yuqmas ekan. Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasidan ma’lum qilishlaricha, smartfon ham uning tashuvchisi bo‘lishi mumkin!

O‘QING: Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!

Mutaxassislarning izoh berishlaricha, telefonlar korpusida va, ayniqsa, smartfonlar displeyida ko‘p miqdorda chang, bakteriya, so‘lak va boshqa virus tashuvchi moddalar to‘planadi. Bunday qurilmani ishlatgan odam qo‘llari bilan o‘zining shilliq qavatli a’zolariga (lablari, burni yo ko‘ziga) teginsa, virus o‘tishi mumkin.

Shu boisdan mutaxassislar xitoyliklarga smartfonni dezinfeksiya qilish yo‘llarini tavsiya etishgan. Koronavirus xavfi butkul bartaraf bo‘lishi uchun uni 56 darajali haroratda yarim soat mobaynida qoldirish kerak ekan. Bunda qurilmaning mazkur issiqlikda ishdan chiqib qolmasligi endi uning modeliga bog‘liq. Shuningdek, dezinfeksiya uchun vodorod peroksidi, sirka kislotasi (uksusnaya kislota) yoki xloroform bilan yaxshilab artish ham smartfonni koronavirusdan tozalaydi.

O‘QING: Koronavirus qayerda qanchalik tarqalmoqda? Buni ko‘rsatuvchi onlayn servis ishga tushdi!

Bundan tashqari, Szilin universiteti Birinchi shifoxonasi umumiy meditsina bo‘limi bosh vrachi In Xunmey yana bir yo‘lini aytgan. Unga ko‘ra, qurilmalarni koronavirusdan tozalash uchun 75 foizlik spirt bilan artsa ham bo‘lar ekan.

Yurtdoshlarimizni tashvishga solishi mumkin bo‘lgan masalalardan biri – AliExpress yoki boshqa onlayn savdo platformalari orqali sotib olingan smartfon yo boshqa gadjetlarda ham koronavirus yuqishi ehtimolidir. Biz bu boradagi batafsil javobni mana bu maqolamizda berganmiz, yana AliExpress’ning o‘zi xaridorlarni boshqa masalada ogohlantirayotgani haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Xitoyda koronavirus epidemiyasining ilk foydasi namoyon bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!