Olimlar ogohlantiradi: keyingi besh yillikda rekord darajada issiq saqlanadi

  •   Saroy
  •  1241
  •  22.08.2018 15:55

Olimlar ogohlantiradi: keyingi besh yillikda  rekord darajada issiq saqlanadi

Sayyoramizda keyingi besh yil davomida haddan ziyod issiq va iliq qishlar hukmronlik qiladi, deb ma’lum qiladi iqlimshunoslar. Bu haqda ular Nature Communications jurnalida maqola ham e’lon qilishdi.

Bizning iqlimni o‘rganish modelimiz shuni ko‘rsatyaptiki, hozirda kuzatilayotgan haddan ortiq issiq ob-havo keyingi besh yil davomida ham davom etadi, okean suvlaridagi iliqlik undan ham ko‘p muddatga cho‘ziladi.

O‘QING:Olimlarning boshi qotmoqda: global isishning yangi sababi paydo bo‘ldi

Global isishning oqibatlaridan biri, bu  «ekstremal ob-havo hodisa», deb ataladi. Bu holatda haroratning qishda ham uta yuqori darajada isib ketishi yoki yoz faslida haroratnig sovub ketishi, haftalab jala quyishi, qurg‘oqchilik va boshqa kutilmagan holatlardir. Masalan, 2012 yilda Qrimdagi suv toshqinlari va 2010 yildagi Rossiyadagi yozgi issiqlar bunday o‘zgarishlarga yaqqol misol bo‘la oladi. Bunga o‘xshash hodisalar ketma-ketligi kelgusida faqat ko‘paysa ko‘payadiki, lekin kamaymaydi va borgan sari kattaroq hududlarni egallab boradi.

O‘QING:Yevropada qurg‘oqchilik: nemis fazogiri havotirli fotosuratlarni namoyish qildi

Olimlarning amalga oshirgan hisob-kitoblari shuni ko‘rsatdiki, keyingi besh yillikda  yuqori harorat saqlanib qoladi. Ma’lum bo‘lishicha, havoning hamda suv yuzasining anomal darajada yuqori isishi 2016 va 2017 yillarga xos bo‘lib, bundan keyingi besh yilda ham saqlanib turadi.

Harorat o‘rtacha normadan Kelvin o‘lchovi bo‘yicha taxminan  0,1 daraja yuqori bo‘ladi. Bu esa global iqlim isishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘rg‘oqchilik, issiq to‘lqinlar va boshqa anomal ob-havo  holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ahvol faqat 2022 yilga kelib yaxshilanadi, ammo okean suvlarining iliqligi yana ancha vaqtgacha davom etadi, deydi olimlar.

O‘QING:Yaqin yillarda insoniyat Internetsiz qolishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!