Olimpiada ochilishida Intel dronlarning sinxron parvozi bo‘yicha rekord o‘rnatdi (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1233
  •  12.02.2018 11:24

Olimpiada ochilishida Intel dronlarning sinxron parvozi bo‘yicha rekord o‘rnatdi (+videolar)

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan XXIII Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi juda o‘zgacha kechdi. Unda tomoshabinlar Intel kompaniyasining maftunkor yorug‘lik shousidan bahramand bo‘lishdi.

O‘QING: Intel «uchar avtomobil»ni namoyish qildi (video)

Mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniya ushbu marosimda naq 1218 dona dronni havoga uchirib, qoyilmaqom shou namoyish etdi. Ularning barchasi bitta kompyuterdan boshqarib turildi va sinxron parvoz payti havoda turli shakllar yasashdi.

Intel ishlanmasi bo‘lmish mingdan oshiq Shooting Star dronlari havoda ulkan shakl – harakatlanib borayotgan snoubordist shaklini yasashdi. Shou oxirida esa dronlar beshta halqadan iborat Olimpiada emblemasini hosil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Intel o‘tgan yili – Amerikancha futbol chempionatining final bosqichida ham Shooting Star turkumidagi pilotsiz uchar jihozlarning bir maromdagi parvozi namoyish qilgan edi.

O‘QING: Kun fotosi: Intel samoda 300 ta uchar dron yordamida o‘z logotipini hosil qildi

Ayni damda Pxyonchxan shahridagi namoyish – yagona tizim orqali boshqarilib, bir vaqtning o‘zida havoda parvoz qilgan dronlar soni bo‘yicha jahon rekordi hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mazkur yorug‘lik shousi oldindan amalga oshirilgan va yozib olingan bo‘lib, Olimpiada ochilish marosimida translyasiya qilindi. Intel dastlab parvozlarni Finlyandiyada amalga oshirib, dronlar Janubiy Koreyaning sovuq iqlimiga dosh berishini sinab ko‘rgan edi.

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev dronlar ishlab chiqarishni joriy etishga chaqirdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!