Olimpiya o‘yinlari medalchilari va qatnashchilariga bittadan Xiaomi Mi 11 Ultra hamda Xiaomi Mi 11X hadya etildi!

  •   DiMaX
  •  2539
  •  09.08.2021 16:17

Olimpiya o‘yinlari medalchilari va qatnashchilariga bittadan Xiaomi Mi 11 Ultra hamda Xiaomi Mi 11X hadya etildi!

Tokio shahridagi yozgi Olimpiya o‘yinlari 8 avgust kuni rasman o‘z yakuniga yetdi. Xiaomi India boshqaruvchi direktori Manu Kumar Djayn (Manu Kumar Jain) esa, unda ishtirok etgan hindistonlik sportchilariga sovg‘alar berilganini shu kuniyoq e’lon qildi.

O‘QING: TOP-10: Hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

Hindiston sportchilari mazkur yirik sport tadbirida jami yettita medalni qo‘lga kiritishgan. Xiaomi sportning alohida turlari bo‘yicha g‘oliblariga bittadan Xiaomi Mi 11 Ultra superflagmani hadya etgan.

Ta’kidlash kerakki, Tokioda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida Hindiston o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani namoyish etgan. Uning sportchilari bitta oltin, ikkita kumush va to‘rtta bronza medalni olib qaytishgan.

Bundan tashqari, xokkey bo‘yicha Hindiston milliy jamoasining har bir a’zosiga «Xitoycha Apple» bir donadan Xiaomi Mi 11X ham sovg‘a qilgan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tsak: Hindistonda Xiaomi Mi 11 Ultra flagmani 1000 dollar atrofida, Xiaomi Mi 11X esa taxminan 400 dollar turadi. O‘zbekistonda sotilayotgan Xiaomi smartfonlarining Mediapark.uz, Asaxiy.uz, Openshop.uz hamda Olcha.uz onlayn do‘konlaridagi narxlari bilan esa mana bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Superflagman dizaynli Redmi 10 do‘konga chiqdi: har tomonlama suratlari, va narx xususiyatlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!