Olis qishloqlarga ham simli internet kirib boradi

Olis qishloqlarga ham simli internet kirib boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qilindi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan quyidagi tartib joriy etildi. Unga muvofiq:

a) davlat-xususiy sheriklik shartlarida olis va qishloq aholi punktlarida joylashgan byudjet tashkilotlari uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratishni ta’minlagan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga, mobil aloqa operatorlaridan tashqari, 10 yil davomida quyidagilar kafolatlanadi:

  • ularning xizmatlaridan olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari foydalanishi;
  • «O‘zbektelekom» AK tomonidan internet tarmog‘iga kirish xizmatini ulanish joyidan qat’i nazar yagona tarif bo‘yicha taqdim etilishi;
  • olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari tomonidan mazkur tashkilotlarga, shuningdek, ushbu hududdagi aholi va boshqa yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalarni beg‘araz asosda taqdim etish;

b) telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solinadigan baza olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlarini yaratishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlariga, ular telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanganidan so‘ng, ularning buyurtmalari bo‘yicha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur mablag‘larni ajratish belgilandi.

O‘QING: AKT yo‘nalishidagi iste’dodlarimizga Huawei noyob imkoniyat taqdim etmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!