«OLTIN» aksiya: 31 dekabrgacha 90% chegirma!

  •   DiMaX
  •  3177
  •  24.11.2020 09:53

«OLTIN» aksiya: 31 dekabrgacha 90% chegirma!

Kuni kecha uyali aloqa operatorlarimizdan biri aksiya doirasida 31 martgacha naq 15 ta tarif rejasida cheksizgacha daqiqa, qo‘shimcha SMS va megabaytlar berayotganini yozgan edik. Beeline kompaniyasi esa joriy yilning oxirigacha amal qiluvchi «GOLD» aksiyasini e’lon qilgan.

O‘QING: 2021 yil 31 yanvargacha do‘stingizni taklif qilib, birgalikda 1300 megabayt oling!

«GOLD» aksiyasi faqat chiroyli raqam narxida chegirmani ko‘zda tutadi, uyam bittagina tarif rejasi doirasida. Ya’ni, «Yangi Top Xit» tarif rejasiga yangi ulanishda 210 000 so‘mlik «oltin»  raqamni 90 foizlik chegirma bilan olish mumkin.

Mazkur aksiya O‘zbekiston hududida, haqini oldindan to‘lash tizimi abonentlari uchun, 2020 yilning 31 dekabriga qadar amalda bo‘ladi.

O‘QING: Humans tarif rejalari bilan tanishing

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!