Oltin, kumush va yog‘ochdan yasalgan rus smartfoni

Oltin, kumush va yog‘ochdan yasalgan rus smartfoni

Rossiyada narx borasida mashhur smartfonlar bilan bellashuvchi YotaPhone deb atalgan telefon bor. Kelajakda yana bir rus smartfoni paydo bo‘ladi. U texnik ta’minoti yoki ikkinchi ekrani bilan emas, nodir materiallardan foydalanilgani bilan diqqatni tortadi.

Kursklik Sergey Senchixin hamfikrlari bilan Forbesning “Yosh milliarder maktabi” tanloviga ariza berdi. U yaratgan Space Phone smartfon brendi tashkilotchilar e’tiborini tortdi. Aytishlariga ko‘ra bu telefonning xususiyatlari ko‘p ekan.

Yangi qurilmaning ichki tuzilishi g‘oyat ilg‘or texnologiyalar qo‘llanib yaratilishi va’da qilinmoqda, ammo texnik tavsifi ma’lum emas. Uning o‘rniga startapchilar smartfonning tashqi qiyofasi pardoziga urg‘u bermoqdalar. Yangi rus smartfoni tayyorlanishida yog‘och, kumush, oltin, kosmik sanoatda ishlatiladigan alyuminiydan foydalaniladi.

Space Phoneni yaratganlar “Qimmatbaho telefon tutadiganlar oldida tanlash imkoni yo‘q hisobi. Xaridorga tanlovni biz taqdim qilmoqchimiz”, deydi. Ular sara elektronika brendini yaratishdek yuksak rejani oldiga qo‘ygan, bu mahsulotni butun dunyo bo‘ylab sotiladi, so‘ng esa boshqa qurilma va texnikalar ishlab chiqariladi.

Space Phone loyihasi ustida bir yilcha ishlanadi. Kurskliklarning bu yangiligi tanlovda qanday baho oladi, qimmatbaho smartfon savdoga chiqadimi – buni vaqt ko‘rsatadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.