«Oltin to‘lov» aksiyasi: 12 maygacha operator har kuni bittadan sovrin beryapti!

  •   DiMaX
  •  787
  •  13.04.2021 14:15

«Oltin to‘lov» aksiyasi: 12 maygacha operator har kuni bittadan sovrin beryapti!

2021 yilning 13 apreldan 12 mayigacha bo‘lgan davrda har kuni Beeline abonentlari o‘rtasida «oltin» raqamlar o‘ynaladi. Bu to‘g‘rida kompaniya rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: «Juma Muborak»: operatordan har hafta yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar!

Aksiyada Beepul ilovasi yordamida 25 000 so‘m yoki undan ko‘proq miqdorda bir martalik to‘lov amalga oshirilgan raqamlar ishtirok etadi. Beeline abonentining raqamiga ko‘rsatilgan miqdor kelib tushgan holatda «Oltin to‘lov» aksiyasining avtomatik ravishda ishtirokchisiga aylanadi, buning uchun abonent Beepul to‘lov tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda biriktirilgan bank kartasi bo‘lishi kerak.

G‘olibni tasodifiy random raqamlar algoritmi random.org sayti orqali ertangi kuni soat 16:00 da, Beeline Uzbekistan’ning Facebook yoki Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda aniqlanadi.

Sovrin o‘yin natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan abonentga «oltin» raqam shaklida taqdim etiladi. «Oltin» raqamni berilishida muhim shartlaridan biri – g‘olib bo‘lgan raqam egasi pasporti bilan murojaat qilishi kerak. Agar haqiqiy Foydalanuvchining pasport ma’lumotlari, g‘olib raqamining ro‘yxatga olingan ma’lumotlari bilan to‘g‘ri kelmasa, sovrinli «oltin» raqam berilmaydi.

Aksiya o‘tkazilishi davomida har kuni nominal qiymati 21 050 000 so‘m bo‘lgan bitta sovrinli «oltin» raqam o‘ynaladi. Aksiyaning so‘nggi kunida nominal qiymati 31 575 000 so‘m bo‘lgan bitta super sovrinli «oltin» raqam o‘ynaladi. Aksiyada jami 30 ta sovrinli oltin raqamlar o‘ynaladi.

«Oltin to‘lov» aksiyasining batafsil shartlari bilan tanishish uchun mana bu havola orqali operator saytiga o‘tasiz.

O‘QING: «OSON 10» tarifi chiqdi – MB, daqiqa va SMS’lar atigi 10 so‘mdan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!