Oltita rusumdagi smartfonga Android 11 asosidagi Realme UI 2.0 tarqatilmoqda

  •   DiMaX
  •  372
  •  01.02.2021 11:06

Oltita rusumdagi smartfonga Android 11 asosidagi Realme UI 2.0 tarqatilmoqda

OPPO korporatsiyasining subbrendi yaqinda o‘zining yangi arzon smartfoni – Realme C20 modelini taqdim etgan edi. Endi esa u Android 11 operatsion tizim talqiniga asoslangan yangi grafik qobiqni olti xil gadjetida sinovdan o‘tkaza boshladi.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari

Beta-test doirasida eng yangi operatsion tizim asosida tayyorlangan Realme UI 2.0 grafik qobig‘i olti xil modeldagi smartfonlarga taqdim etilgan. Ular quyidagilardir:

  1. Realme 6
  2. Realme C12
  3. Realme C15
  4. Realme X2
  5. Realme X3
  6. Realme X3 SuperZoom

Afsuski, beta-test doirasida Android 11 bazasidagi Realme UI 2.0 grafik qobig‘i hozircha faqat Hindistondagi foydalanuvchilar uchun tarqatilgan. Boshqa hududlarda beta-sinovlar keyinroq boshlanishi, yoki ularga grafik qobiqning biryo‘la barqaror versiyasi uzatilishi mumkin.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!