Oltita tarif rejasida ommabop xizmat to‘xtatilmoqda

  •   DiMaX
  •  1197
  •  21.06.2021 16:55

Oltita tarif rejasida ommabop xizmat to‘xtatilmoqda

Mobiuz mobil aloqa operatori kuni kecha ikkita yangi tarif rejasini taqdim etgan edi. Kompaniya endi shularda va yana to‘rtta tarifida «Va’da qilingan to‘lov» xizmati to‘xtatilishini e’lon qildi.

O‘QING: «Gap Ko‘p» xizmati: tarif rejangizni cheksiz qo‘ng‘iroqlargacha kuchaytiring!

2021 yil 5 iyuldan «Tourist SIM», «Tourist SIM +», «Tourist SIM Lite», «Tourist SIM Lite+», «Tourist SIM 90», «Tourist SIM 120» tarif rejalarida «Va’da qilingan to‘lov» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmasligini ma’lum qilamiz, deyiladi Mobiuz xabarida.

Boshqa tarif rejalaridagi abonentlar ushbu xizmatdan bloklangan holatda (oldindan to‘lov amalga oshirilmagan) ham balans 1000 so‘mdan ko‘proq bo‘lganda foydalanishlari mumkin.

Abonent balansi 1000 so‘m va/yoki kamroq bo‘lganda, xizmatni faollashtirish imkoniyati mavjud emas. «Va’da qilingan to‘lov» xizmatini taqdim etish shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola yordamida operator saytiga o‘tsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Operatorning barcha tariflarida daqiqalar to‘plami oshdi, abonent to‘lovlari esa o‘zgarmadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.