OLX.uz’dan iPhone X va iwatch’ni ko‘rishga olgan xaridor qochib ketdi

OLX.uz’dan iPhone X va iwatch’ni ko‘rishga olgan xaridor qochib ketdi

Toshkentda 830 AQSh dollari qiymatidagi Apple mahsulotlariga aldov yo‘li bilan ega chiqqan Samarqandlik 20 yoshli fuqaro firibgarlikda ayblanmoqda.

7 dekabr kuni, taxminan soat 23:40da Samarqandlik fuqaro «Soy» restoranining yonida Olx.uz saytiga iPhone X ($700) va iWatch ($130)qurilmalarini sotuvga qo‘ygan 25 yoshli R.R. bilan uchrashgan.

Sotuvchining ishonchiga kirgan N.D. telefon va soatni akasiga ko‘rsatishga berib turishini so‘ragan. Fuqaro qurilmalarni qo‘lga kiritgach voqea joyidan yashiringan. Bu haqda “UzNews” nashri yozmoqda.

Картинки по запросу жиноят

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Biz esa aziz o‘quvchilarimizga bu kabi firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni, turli elektrotexnika jihozlarini ishonchli, manziligacha eltib beruvchi do‘konlardan xarid qilishni tavsiya etamiz. Masalan, Terashop.uz internet-do‘konimizda 2 199 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda jami 37 nomdagi iPhone’dan birini sotib olish, shuningdek, bahosi 599 000 so‘mdan boshlangan, jami 115 xil Android-smartfon orasidan istaganingizni xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun Mint brauzerini taqdim etdi: tezkor, tejamkor, xavfsiz va reklamasiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!