Olx.uz’da kishilarni chuv tushirib kelayotgan qurolli jinoyatchi qo‘lga olindi

  •   DiMaX
  •  1047
  •  04.06.2021 15:09

Olx.uz’da kishilarni chuv tushirib kelayotgan qurolli jinoyatchi qo‘lga olindi

IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, bir necha yildan buyon jinoiy harakatlarni amalga oshirib kelayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

O‘QING: OLX.uz’dan iPhone X va iwatch’ni ko‘rishga olgan xaridor qochib ketdi

2021 yilning 1 iyun kuni fuqaro A.A.X. o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirayotgan paytda qo‘lga olinib, uning yonidan bir dona sovuq qurol, jabrdiyda fuqarolardan o‘g‘irlangan bank plastik kartalari va mobil aloqa kompaniyalarining bir nechta sim kartalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Aniqlanishicha, fuqaro A.A.X. yosh bo‘lishiga qaramasdan yengil pul topish, oson yashab, o‘zgalar hisobidan kun kechirishga mukkasidan ketadi, qarovsiz, tayinli yashash joyiga ega bo‘lmasdan, ko‘ngilxushliklar va shohona yashash uchun hech kimning hayoliga kelmagan yo‘lni o‘ylab topadi.

U internetdagi olx.uz sayti orqali poytaxtimiz markazida joylashgan xonadonlardan birini ijaraga beraman, deb e’lon sahifasiga e’lon joylashtiradi. Tabiiyki arzon narxdagi barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xonadon viloyatlardan kelgan ijarada yashovchilarning e’tiborini o‘ziga qaratadi.

A.A.X. telefon orqali aloqaga chiqqan fuqarolarga o‘zini harbiy xizmatchi deb tanishtirib, hozirda boshqa viloyatda ekanligini va xizmat safaridan 2-3 kunda poytaxtga qaytgach, ijaraga oluvchiga xonadonni ko‘rsatishini, boshqa odamga ijaraga bermaslik uchun esa oldindan plastik kartasiga pul o‘tkazib berishi kerakligini aytadi.

O‘QING: Noutbuk savdosida sizni qanday aldashadi?

Shu tariqa, fuqaro A.A.X. o‘ziga tegishli bo‘lmagan bir nechta plastik kartalarga pul mablag‘larini o‘tkazib olgan zahoti mijozlar bilan aloqani uzadi.

Fuqaro A.A.X. ushbu uslub bilan poytaxtda ijaraga xonadon olmoqchi bo‘lgan 100 nafardan ortiq fuqarolarning har biridan 200 ming so‘mdan 2 mln. so‘mgacha, bir yil davomida, uning tuzog‘iga ilingan jabrdiydalarning umumiy miqdori 80 mln. so‘mdan ortiq miqdordagi mablag‘larini noqonuniy yo‘llar bilan talon-taroj qilgan.

Hozirda fuqaro A.A.X. qo‘lga olinib, unga nisbatan tegishi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, shuningdek fuqaro A.A.X.ning jinoiy sheriklarini aniqlash yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.

O‘QING: OLX.UZ’dagi arzon ayfonga uchib, 500 dollarga chuv tushgan hamyurtimiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!