«Omad Plus» tarif rejasi chiqdi, lekin bittagina shahar aholisi uchun!

  •   DiMaX
  •  21034
  •  15.07.2020 17:12

«Omad Plus» tarif rejasi chiqdi, lekin bittagina shahar aholisi uchun!

O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari ayrim hududlardagi abonentlari uchun maxsus tariflar chiqarib turishadi. Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) ham shunaqa bir yangi tarif rejasini e’lon qildi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

Yangi tarif rejasi «Omad Plus» deb nomlangan bo‘lib, unda oyiga atigi 12 000 so‘m evaziga 50 MB, 400 daqiqa va 50 SMS taqdim etiladi! Shuningdek, mazkur tarifda abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish imkoniyati ham mavjud.

«Omad Plus» tarif rejasi faqatgina Farg‘ona shahridagi abonentlar uchun taqdim qilingan. Uning shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Internetdan faol foydalanasizmi? «GAP yo‘q» tarif rejasi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.