Ommabop bo‘lgan Samsung Galaxy smartfonining yangilangan versiyasi chiqmoqda

Ommabop bo‘lgan Samsung Galaxy smartfonining yangilangan versiyasi chiqmoqda

Samsung o‘tgan yilning mart oyida Galaxy M21 smartfonini taqdim etgan edi. Endi esa kompaniya smartfonning yangilangan talqini -- Galaxy M21 2021 Edition shu yilning 21 iyul sanasida taqdim etadi.

O‘QING: Samsung Galaxy M22'ning texnik jihatlari va renderlari sizdirildi

Smartfon haqidagi ma’lumotlarni Amazon.in sayti e’lon qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra avvalgi mish-mishlarda Galaxy M21 Prime Edition deb atalgan Galaxy M21 2021 Edition kelasi chorshanba kuni Hindistonda Amazon Prime Day tadbirida taqdim etiladi.

Shuningdek, elektron tijorat giganti o‘z veb-saytida promo-sahifa ochib, Galaxy M21 2021 Edition'ning dizayni va asosiy xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.

Smartfon 6.4 dyuymli FullHD+ Super AMOLED Infinity-U displeyi hamda 6,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Smartfonda uchta kamera bo‘lib, asosiy kamera 48MPni tashkil qiladi.

Qurilmada barmoq izi skaneri orqa panelda joylashgan bo‘ladi. Smartfonning ikki xil rangli: Charcoal Black hamda Arctic Blue turlari mavjud.

Smartfonning boshqa texnik jihatlari haqida ma’lumot berilmagan. Ammo ayrim manbalarda Galaxy M21 2021 Edition shunchaki Galaxy M21'ning yangilangan talqini bo‘lishi aytib o‘tilgan. Agar shunday bo‘lsa, smartfon Exynos 9611 chipi, 15 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 20MP selfi kamera, 48MP asosiy kamera hamda unga qo‘shimcha 8MP ultrakeng va 5MP sath kameraga ega bo‘ladi.

O‘QING: Navbatdagi Galaxy smartfoniga dastur yangilanishi kela boshladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!