Ommabop Galaxy smartfoni barqaror One UI 4 grafik qobig‘iga o‘tmoqda
Kecha Galaxy A72 smartfoni One UI 4 grafik qobig‘iga o‘tayotgani haqida ma’lumot bergan edik.
Samsung endi A seriyadagi boshqa modellaraga ham yangi proshivkani tarqatishni boshladi. Endigi navbat Galaxy A52 qurilmasiga.
Yangi proshivka model raqami A525FXXU4BUL8 bo‘lib, u hozir rossiyalik A52 foydalanuvchilariga jo‘natilmoqda.
Keyinchalik, kompaniya boshqa hududlardagi foydalanuvchilarga ham asta-sekin yangi tizimni tarqatishni boshlaydi. Yangilanish, o‘z navbatida, 2021-yil dekabr oyi havfsizlik patchini o‘z ichiga oladi.
O‘QING: Samsung kompaniyasi S22 Ultra uchun 45 vattlik quvvatlagichni ishlab chiqaradi