Ommabop Samsung smartfoniga oktyabr oyi dastur yangilanishi kelishni boshladi

Ommabop Samsung smartfoniga oktyabr oyi dastur yangilanishi kelishni boshladi

Samsung kompaniyasi o‘zining barcha smartfonlariga oktyabr havfsizlik patchini jo‘natishni boshlagan edi. Hozirda Galaxy A50 smartfoniga kompaniya ushbu proshivkani jo‘natmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Galaxy A50 dastur yangilanishini qabul qilib olayotgan birinchi o‘rta toifadagi smartfon hisoblanadi. Samsung avvalroq barcha flagman smartfonlarini ushbu dastur yangilanishi bilan ta’minlab bo‘lgan edi.

Proshivka model raqami A505GUBS9CUI3 bo‘lib, u faqat havfsizlik patchini o‘z ichiga oladi, ya’ni proshivka smartfonga hech qanday yangi funksiyalar qo‘shmaydi.

Proshivka hozirda Janubiy Amerika davlatlaridagi A50 foydalanuvchilariga jo‘natilmoqda. Keyinchalik, boshqa mintaqalardagi foydalanuvchilarga ham dastur yangilanishi kelishni boshlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!