Ommabop Galaxy'ga avgust oyi dastur yangilanishi keldi

Ommabop Galaxy'ga avgust oyi dastur yangilanishi keldi

Galaxy A52, Galaxy A52 5G, Galaxy A30s, Galaxy A31, Galaxy A32 5G va ko‘plab boshqa yuqori toifa smartfonlarga 2021 yil avgust oyi yangilanishini jo‘natgan Samsung endi Galaxy A51'ni ham yangilashni boshladi.

O‘QING: Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz

Proshivka versiyasi A515FXXU5EUG7 bo‘lgan dastur yangilanishi Braziliyadagi Galaxy A51 foydalanuvchilariga kela boshladi. Bir necha kun ichida boshqa mamlakatlar foydalanuvchilariga ham yangilanish yetib kelishi kerak.

Mazkur dastur yangilanishi bilan qurilmaning maxfiylik va xavfsizlik borasidagi qirqqa yaqin zaifligi bartaraf etiladi. Yangilanish smartfondagi baglarni tuzatishi va qurilma barqarorligini oshirishi ham mumkin.

Agar siz ham Galaxy A51 ishlatsangiz, bir necha kundan so‘ng Parametrlar > Dastur yangilanishi oynasiga o‘tib, yangilanishni yuklab, o‘rnatib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Samsung Galaxy A51 smartfoni o‘tgan yili taqdim etilgan bo‘lib, katta muvaffaqiyat qozongan. Smartfon qadoqdan Android 10 bazasidagi One UI 2 interfeysida ishlagan. Qurilma bu yil Android 11 asosiga qurilgan One UI 3, ko‘p o‘tmay One UI 3.1 yangilanishlarini qabul qilgan.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy smartfoniga avgust oyi yangilanishi keldi