Ommabop Galaxy smartfoni Android 12 operatsion tizimiga o‘tmoqda

Ommabop Galaxy smartfoni Android 12 operatsion tizimiga o‘tmoqda

Samsung kompaniyasi har yili ko‘plab smartfonlar taqdim etadi. Qurilmalarni soni ko‘pligi sababli ularni dasturiy ta’minot bilan ta’minlash ham uzoq vaqtni oladi.

O‘tgan yilning oktabr oyida taqdim etilgan Galaxy M22 smartfoni hozirgi vaqtda Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘iga o‘tishni boshladi. Yangi tizim bilan bir qatorda smartfon aprel oyi xavfsizlik patchini ham qabul qiladi. 

Smartfon byudjet sinfiga mansub bo‘lib, u One UI qobig‘ining Core versiyasida ishlaydi. Shuning uchun oddiy One UI 4.1 tizimidagi ba’zi funksiyalar ushbu Core versiyada bo‘lmaydi. 

Dastur yangilanishining model raqami M225FVXXU4BFD8 bo‘lib, u hozirda Saudiya Arabistoni va BAA mamlakatlaridagi Galaxy M22 smartfonlariga jo‘natilmoqda. Tez orada boshqa mintaqalardagi qurilmalarga ham yangi tizim kelishni boshlaydi. 

O‘QING: Galaxy Z Flip 4 sifatli renderlarda ko‘rsatildi