Ommabop jangovar o‘yinni 19 avgustgacha naq to‘rtta platformadan istalgan birida bepul o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  1234
  •  10.08.2020 11:32

Ommabop jangovar o‘yinni 19 avgustgacha naq to‘rtta platformadan istalgan birida bepul o‘ynang!

The Elder Scrolls Online chiqqaniga to‘qqiz yil bo‘lgan esa-da, ushbu MMORPG-o‘yin hozirgacha ommabop. PlayStation 5 konsoliga chiqadigan barcha 38 ta o‘yin rasmiy ro‘yxatiga ham uni kiritishgan.

O‘QING: PlayStation uchun eng ommabop o‘yinlar – uchta reytingda

The Elder Scrolls Online mualliflari o‘z muxlislariga ushbu o‘yindan 19 avgustgacha bepul bahra olish imkonini taqdim etishdi. Tag‘in uni naq to‘rtta platformadan birida – PlayStation 4, Xbox One, Steam yoki kompyuterda o‘ynashingiz mumkin.

Dasturchilar bu sarguzashtni Greymoor yangilanishidagi «Skayrimning qora qalbi»dan boshlashni maslahat berishmoqda.

The Elder Scrolls Online loyihasi doirasida tekinga o‘ynash uchun ushbu havola orqali uning rasmiy saytiga o‘tasiz. Mualliflarning ta’kidlashlaricha, ayrim hududlarda PlayStation 4 foydalanuvchilariga TES Online o‘yini uchun PlayStation Plus obunasi ham kerak bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Epic Games ikkita o‘yinni 13 avgustgacha bepul va butunlay ulashyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!