Ommabop o‘yinni PS4, Xbox One va kompyuterlarda bepul o‘ynashga ulguring!

  •   DiMaX
  •  759
  •  18.03.2020 09:54

Ommabop o‘yinni PS4, Xbox One va kompyuterlarda bepul o‘ynashga ulguring!

Assassin's Creed Odyssey o‘tgan yili PlayStation konsollariga eng ko‘p yuklangan o‘yinlar ro‘yxatiga kirgan. Ubisoft uni endi shu va Xbox One pristavkalarida, shuningdek, kompyuterlarda vaqtinchalik bepul o‘ynash imkonini taqdim etdi.

O‘QING: Siz sevgan Counter-Strike yana rekord o‘rnatdi!

Ubisoft kompaniyasi, aftidan, koronavirus pandemiyasi pallasida o‘yin ishqibozlari o‘z uylarida band bo‘lib o‘tirishlarini istagan, shekilli. Chunki Assassin's Creed Odyssey o‘yinini yuqorida ko‘rsatilgan platformalarda 19 martdan to 22 martgacha bepul o‘ynash mumkin.

Geymerlar bunda ushbu qoyilmaqom o‘yin doirasidagi barcha kontentdan foydalanishlari, Ubisoft Club tomonidan taqdim etilgan «Rimlik Esio» jamlanmasini blokdan chiqarishlari mumkin. Agarda geymer uning ma’lum bir platforma uchun to‘liq versiyasini xarid qilsa, bepul davrda erishilgan o‘yin jarayoni ham saqlanib qoladi.

Siz ham Assassin's Creed Odyssey bilan Qadimgi Yunoniston yurtiga jangga otlanishingiz mumkin, buning uchun to‘lov yoki registratsiya ham talab etilmaydi. Faqat bitta sharti bor – Xbox One foydalanuvchilari uchun Xbox Live Gold oltin globus maqomi kerak bo‘ladi.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!