Ommabop PUBG videoo‘yini yana bir mamlakatda taqiqlandi

  •   DiMaX
  •  1584
  •  12.04.2019 14:39

Ommabop PUBG videoo‘yini yana bir mamlakatda taqiqlandi

Ayrim mamlakatlar jangovar ruhdagi videoo‘yinlardan xavotirlanib, ularni cheklay boshlagani haqida ko‘p yozganmiz. Bu bekorga emas, masalan, ota-onasi PUBG Mobile o‘yini uchun kuchli smartfon olib bermaganligi bois bir yigitcha o‘zini o‘ldirgan.

O‘QING: PUBG o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarni hibsga olish boshlandi!

Endi esa Nepal hukumati va bu mamlakatdagi ota-onalar ham bolalar va o‘smirlarning PlayerUnknown’s Battlegrounds o‘yiniga bog‘lanib qolayotganidan xavotir bildirmoqdalar. Shuning uchun ham bu mamlakatda PUBG o‘yinini taqiqlashga qaror qilishdi.

Nepal Telekommunikatsiyalarni boshqarish federal agentligi (NTA) mamlakatdagi internet-provayderlar va uyali aloqa operatorlaridan onlayn o‘ynaluvchi PlayerUnknown’s Battlegrounds o‘yinini to‘sib qo‘yishni talab etdi.

Ayni paytgacha bu mamlakatda PUBG bilan bog‘liq noxush holatlar qayd etilmagan, ammo NTA direktori o‘rinbosari ushbu blokirovkaga asos qilib ota-onalarning shikoyatlarini ko‘rsatmoqda.

O‘QING: Fortnite’da bolalarni o‘ldirishyapti – buni ota-onalarning o‘zlari iltimos qilishmoqda! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.