Ommabop pulli o‘yinlardan biri iOS va Android uchun bepul chiqyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  1497
  •  19.03.2019 14:14

Ommabop pulli o‘yinlardan biri iOS va Android uchun bepul chiqyapti! (+video)

Activision kompaniyasining dasturiy mahsuloti – Call of Duty butun dunyo bo‘ylab eng ommalashgan o‘yinlardan biridir. O‘tgan yili u PlayStation Blog versiyasiga ko‘ra eng yaxshi tarmoq o‘yini, deb topilgani ham bejiz emas.

O‘QING: 2018 yil so‘ngida eng ommalashgan PlayStation o‘yinlari reytingi bilan tanishing

 Call of Duty: Mobile nomli o‘yinini Activision kompaniyasi biryo‘la ikkala mobil platforma uchun taqdim etayotganini ma’lum qildi. Ko‘p foydalanuvchi rejimiga ega bo‘lgan bu o‘yinning beta-test sinovlari yaqin orada boshlanadi.

Dasturchilarning va’da berishlaricha, CoD: Mobile konsol darajasidagi grafikaga ega bo‘ladi. O‘yinda Modern Warfare hamda Black Ops qismlaridagi xaritalar va tanish personajlar paydo bo‘ladi.  

Shuningdek, uni bir qancha rejimlardan birida o‘ynash imkoni taqdim etiladi; ammo boshlanishiga ikkita – «Team Deathmatch» va «Frontline» rejimlaridagina o‘ynash mumkin bo‘ladi. Yangi xaritalar va rejimlar o‘yinga bosqichma-bosqich qo‘shib boriladi.

O‘QING: Fortnite’da bolalarni o‘ldirishyapti – buni ota-onalarning o‘zlari iltimos qilishmoqda! (+video)

Quyida Call of Duty: Mobile treylerini tomosha qilamiz:

Eng quvonarlisi – Call of Duty: Mobile bepul tarqatiladi! Yaqin oylar ichida uning yopiq beta-sinovi boshlanadi, agarda unda ishtirok etishni xohlasangiz, rasmiy saytida ariza to‘ldirishingiz yoki Google Play’da ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: PUBG o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarni hibsga olish boshlandi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.