Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (10-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (10-hafta)

Yangi taqdim qilingan smartfonlar bizning reytingimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Bu gal yetakchilikni Xiaomi Redmi Note 10 Pro egallab turgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Redmi Note 10 hamda yangi chiqqan Asus ROG Phone 5'larga nasib etdi.

Xiaomi Mi 10S'ga bo‘lgan qiziqish ham yuqori bo‘ldi. Qurilma to‘rtinchilikni band etgan. Xitoyliklarning Hindiston uchun chiqarilgan Redmi Note 10 Pro Max'i esa qoq markazni o‘ziniki qildi.

Huawei'ning P50'i oltinchida, Oppo Find X3 Pro yettinchida turibdi.

Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Samsung Galaxy S21 Ultra 5G, Asus ROG Phone 5 Ultimate va Galaxy A32'lar egalladi.

Shunday qilib, 10-haftadagi chartimiz Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 2 ta, Asus'ning 2 ta va Huawei'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Asus ROG Phone 5
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10S
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10 Pro Max
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Huawei P50
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Oppo Find X3 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Asus ROG Phone 5 Ultimate
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A32
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (9-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!