Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (10 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (10 hafta)

Apple kompaniyasining “Peek Performance“ tadbiri bu haftadagi reytingga ta’sir o‘tkazdi. Bir necha haftadan buyon yetakchilikni hech kimga bermay kelayotgan Galaxy S22 Ultra birinchi o‘rinni qo‘lday boy berdi. 

Yetakchilik yangi iPhone SR smartfoniga o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin ham yangi smartfonga, aniqrog‘i Redmi Note 11 Pro+ modeliga nasib etdi. Galaxy S22 Ultra esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarga mos ravishda Poco X4 Pro hamda Redmi Note 11 modellari joylashdi. iPhone 13 Pro Max va Galaxy A52s qurilmalari esa o‘tgan haftadagi o‘rnidan ikki pog‘ona yuqorilab oltinchi hamda yettinchi o‘rinlarni band etdi. 

Galaxy S22 bir pog‘ona pastlab sakkizinchi o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, to‘qqizinchi o‘rin yangi iPad Air planshetiga nasib etdi. Reytingni Redmi Note 11 Pro 5G modeli yakunlab berdi. 

Top o‘ntalikni bu hafta Redmi Note 11E Pro, Galaxy M33 va A13 qurilmalari tark etdi. 

Apple iPhone SE (2022)

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Xiaomi Redmi Note 11 Pro+

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 1

Xiaomi Poco X4 Pro

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 2 

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi: 5

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 8

Samsung Galaxy A52s 5G

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 9 

Samsung Galaxy S22 5G

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 7

Apple iPad Air

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan  

Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (9 hafta) 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.