Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (14-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (14-hafta)

Ortda qolgan haftada bizning reytingimizdagi yetakchi o‘zgarmadi. Mi 11 Ultra hali ham birinchilikni egallab turgan bo‘lsa, Redmi Note 10 Pro bir pog‘ona ko‘tarilib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uchinchi o‘rinni esa Poco F3 band etdi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda ham Xiaomi'ning smartfonlari turibdi. Xiaomi Redmi Note 10 to‘rtinchilikni egallagan bo‘lsa, markaz Poco X3 Pro'ga nasib qildi.

Reytingimizda anchadan beri ko‘rinish bermagan Nokia kompaniyasining X20 qurilmasi oltinchilikda.

Qolgan o‘rinlar esa Samsung smartfonlariga nasib qildi. Galaxy A72 va A52 5G'lar mos ravishda yettinchi va sakkizinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, A52 4G va S21 Ultra 5G ro‘yxatni yakunlab berdi.

Hisob-kitobimizga ko‘ra, ortda qolgan o‘n to‘rtinchi haftada Xiaomi'ning 5 ta, samsung'ning 4 ta va Nokia'ning 1 ta smartfoni bizning reytingni tuzib berdi.

Xiaomi Mi 11 Ultra
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Nokia X20
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (13-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.