Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (15-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (15-hafta)

Mana, bir necha haftadirki, Xiaomi Mi 11 Ultra flagmani birinchilikni hech kimga bermayapti. Xiaomi Redmi Note 10 Pro ham ikkinchi o‘rinda mustahkam o‘rin egallagan ko‘rinadi. O‘tgan chartimizda uchinchilikni egallagan Xiaomi Poco F3 top uchlikni tark etib, o‘z o‘rnini Samsung Galaxy Quantum 2 qurilmasiga bo‘shatib berdi.

Ro‘yxatga yangi qo‘shilgan Sony Xperia 1 III to‘rtinchilikni band etgan bo‘lsa, Xiaomi Redmi Note 10 bir pog‘ona pastlab qoq markazni band etdi.

Sony'ning yana bir smartfoni — Xperia 5 III oltinchi, Xiaomi Poco F3 esa yettinchi o‘rinda.

Poco subbrendining navbatdagi qurilmasi — X3 Pro sakkizinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirdi. Oxirgi o‘rinlar mos ravishda Samsung Galaxy A72 va A52 5G smartfonlariga nasib qildi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan o‘n beshinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 3 ta va Sony'ning 2 ta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Mi 11 Ultra
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy Quantum 2
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Sony Xperia 1 III
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Sony Xperia 5 III
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (14-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!