Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (15 hafta)
Galaxy A53 5G mana to‘rtinchi haftadirki yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti. Galaxy S22 Ultra esa Redmi Note 11 modelini quvib o‘tib ikkinchi o‘ringa chiqib oldi, bir pog‘ona pastlagan Redmi Note 11 kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Galaxy A73 o‘z navbatida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, yangi vivo X Note va hali taqdim etilmagan Poco F4 GT smartfonlari mos ravishda beshinchi hamda oltinchi o‘rinlarni egalladi.
Xiaomi 12 ham bir pog‘ona yuqorilab yettinchi o‘ringa joylashdi. iPhone 13 Pro Max esa aksincha, bir o‘rin pastlab sakkizinchi pog‘onani egalladi.
Galaxy A52s 5G modeli to‘qqizinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Galaxy A13 reytingga yakun yasab berdi.
Ushbu haftada top o‘ntalikni realme 9, OnePlus 10 Pro, Galaxy S20 FE modellari tark etdi.
Samsung Galaxy A53 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi: 1
Samsung Galaxy S22 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 3
Xiaomi Redmi Note 11
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 2
Samsung Galaxy A73 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 5
vivo X Note
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Xiaomi Poco F4 GT
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Xiaomi 12 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 8
Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 7
Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 10
Samsung Galaxy A13 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan