Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (17-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (17-hafta)

O‘tgan hafta Redmi o‘zining K40 Gaming Edition smartfonini taqdim qildi. Qurilmaga bo‘lgan qiziqish ancha yuqoriligi ko‘rinib turibdi. Smartfon bizning reytingda birinchilikni egalladi. Keyingi ikki o‘rinni ham Redmi smartfonlari band etgan — Redmi Note 10 Pro va Redmi Note 10.

Tan berish kerak bo‘lgan jihat shuki, navbatdagi uchta o‘rinda ham Xiaomi'ning smartfonlari turibdi. To‘rtinchi o‘rin Poco X3 Pro'ga nasib etgan bo‘lsa, qoq markazni Mi 11 Ultra hech kimga bermadi.

Poco F3 esa kompaniyaning bizning chartimizdan o‘rin egallagan so‘nggi qurilmasi bo‘ldi va shu bilan jami oltita Xiaomi smartfoni dastlabki o‘rinlarni band etdi.

Qiziq jihat shuki, qolgan o‘rinlar Samsung'ga nasib etdi. Yettinchi o‘ringa Galaxy A72 o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, Galaxy A52 5G sakkizinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Oxirgi ikki o‘rin esa Galaxy S21 Ultra va LTE aloqali Galaxy A52'ga tegdi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan o‘n yettinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 6 ta va Samsung'ning 4 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Xiaomi Redmi K40 Gaming Edition
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Mi 11 Ultra
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (16-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.