Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (18-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (18-hafta)

Ortda qolgan o‘n sakkizinchi hafta davomida ham Xiaomi yetakchilik qildishda davom etdi. Kompaniyaning Redmi Note 10 Pro, Note 10 va Poco X3 Pro model qurilmalari top uchlikni tuzib berdi.

Keyingi o‘rinlar esa Redmi K40 Gaming Edition hamda Poco F3 smartfonlariga tegdi.

Qolgan o‘rinlarni Samsung egalladi. Oltinchi o‘rinda Galaxy A72 turgan bo‘lsa, yettinchi pog‘onaga Galaxy A52 5G o‘z nomini yozdirdi.

Flagman Galaxy S21 Ultra'ga sakkizinchi, quyi toifa Galaxy A12'ga bo‘lsa to‘qqizinchi o‘rin nasib etdi.

Chartimizga Galaxy A52 yakun yasab berdi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan o‘n sakkizinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 5 ta va Samsung'ning 5 ta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi K40 Gaming Edition
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi
reytingi: 9
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (17-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!