Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (19-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (19-hafta)

Bir necha hafta davomida top o‘ntalikda dominant bo‘lib kelgan Xiaomi mana chellenjga uchradi.

Redmi Note 10 Pro va Redmi Note 10 qurilmalari dastlabki ikki o‘rinni hech kimga bermagan bo‘lsa, yangi taqdim qilingan Asus Zenfone 8 top uchlikni yopib berdi.

Poco X3 Pro va Samsung Galaxy A72 smartfonlari top beshlikni yakunlab berdi.

Poco F3 oltinchi o‘rinda. Qolgan pog‘onalarni esa Samsung smartfonlari band etgan.

Galaxy S21 Ultra yettinchi, Galaxy A52 5G sakkizinchi va Galaxy A12 to‘qqizinchi o‘rinlarni band etib turibdi.

4G'da ishlovchi Galaxy A52 ham reytingga qaytib, top o‘ntalikni yakunlab berdi.

Redmi K40 Gaming va Mi 11 Ultra'lar bilan (hozircha) xayrlashdik.

Hisob-kitobimizga ko‘ra, Samsung'ning 5 ta, Xiaomi'ning 4 ta va Asus'ning 1 ta smartfoni ortda qolgan o‘n to‘qqizinchi haftadagi reytingimizni yakunlab berdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Asus Zenfone 8
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (18-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.